1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Namanganlik 13 yoshli bola buvisining "seyf"iga o'g'irlikka tushdi

U yerda 65 ming AQSH dollar bo'lgan.

Namanganlik 13 yoshli bola buvisining "seyf"iga o'g'irlikka tushdi

 

2021-yil 13-noyabr kuni yangiqo‘rg‘onlik fuqaro K.K. IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil avgust oyidan noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyi yotoqxonasidagi sandiqda bo‘lgan 65.000 AQSH dollarini nomaʼlum shaxs o‘g‘irlab ketganini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni murojaatchining nabirasi — 2008-yilda tug‘ilgan 7-sinf o‘quvchisi sodir etganligi aniqlangan.

 

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Avvalroq Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizi to‘ydan so‘ng tillolarni olib, uyidan qochib ketgandi. Shuningdek, jarimalardan 8 million qarzi bor fuqaro qo‘shnisining avtomobilini o‘g‘irlagani hamda Qashqadaryoda birovning uyiga mehmonga kelgan shaxs mashina o‘g‘irlab qochib ketgani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика