Jamiyat

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul taʼminlanadi

Maʼlumot uchun, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan pensiya yoshidagi hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan quyidagi shaxslar kiradi:

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul taʼminlanadi

 

● farzandlari, eri (xotini) va ota-onasi bo‘lmagan;

● vasiylari, homiylari va sud tomonidan keksani yoki nogironligi bo‘lgan shaxsni parvarish qilish majburiyati zimmasiga yuklangan shaxslari bo‘lmagan.

 

Vazirlar mahkamasi qaroriga binoan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bir nechta turdagi oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlar bilan bepul taʼminlanadi.

Jumladan:

● un (oliy nav) – 3 kg;

● guruch – 1 kg;

● grechka yormasi – 0,5 kg;

● makaron mahsulotlari – 0,5 kg;

● mol go‘shti (suyaksiz) – 1 kg;

● xonaki parranda go‘shti – 1 kg;

● sariyog‘ – 0,2 kg;

● tuxum (dona) – 15 dona;

● qand-shakar – 1 kg;

● kungaboqar yog‘i – 1 litr;

● ko‘k yoki qora choy – 0,2 kg;

● atirsovun – 0,1 kg;

● kirsovun (65%) – 0,2 kg;

● kir yuvish poroshogi – 0,15 kg;

● katta yoshdagilar uchun taglik gazmol – 8 dona;

 

Shuningdek, karantin davrida ham qo‘shimcha tarzda yana bir nechta turdagi tibbiy antiseptik mahsulotlar bepul tarqatiladi. Xususan:

● bir marta ishlatiladigan steril niqob – 10 dona;

● bir marta ishlatiladigan steril qo‘lqoplar – 10 dona;

● suyuq yoki gel holidagi antiseptik – 250 ml;

● antibakterial sovun – 0,1 kg.

 

Eslatma. Mazkur mahsulotlarni olish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat etiladi.

 

Oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlarni yetkazib berish uyda parvarish qilish bo‘yicha ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Avvalroq xususiy shifoxona tomonidan kimlar bepul davolanishi mumkinligi hamda kam taʼminlanganlar ro‘yxatiga kiritilganlarga imtiyoz belgilangani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul taʼminlanadi | Zamon.uz