Salomatlik

Tedros Gebreyesus: “Bekor qilingan bayram bekor qilingan hayotdan yaxshiroqdir”

JSST Yangi yil tadbirlarini bekor qilishga chaqirdi.

Tedros Gebreyesus: “Bekor qilingan bayram bekor qilingan hayotdan yaxshiroqdir”

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Rojdestvo va Yangi yil bayramlarini iloji boricha bekor qilishga chaqirdi. Tedros Gebreyesus odamlarni Omicron' shtammining tarqalishi fonida sayohatlardan qochishni tavsiya qildi, deb yozadi BBC. 
 

“Bekor qilingan bayram bekor qilingan hayotdan yaxshiroqdir. Biz hammamiz bu pandemiyadan charchadik. Hammamiz normal hayotga qaytishni xohlaymiz. Bu  tadbirlarni bekor qilish yoki keyinga qoldirish o'zimizni va boshqalarni himoya qilish uchun qabul qilinishi kerak. Hozir bayramni  nishonlash va keyin motam tutgandan ko'ra, hozir bekor qilib, keyinroq nishonlash yaxshiroqdir”, deydi tashkilot rahbari.
 

JSST rahbari, shuningdek, 2022 yilda pandemiyaga har bir mamlakatda yil o‘rtasiga qadar aholining kamida 70 foizini emlash yo‘li bilan barham berish kerakligini aytdi. Gebreyesus  omicron' shtammi deltaga qaraganda tezroq tarqalishi va emlangan va COVID-19 dan tuzalib ketganlarga ta'sir qilishi haqida dalillar borligini aytdi.
 

Niderlandiya Rojdestvoni kutmasdan qattiq cheklov joriy qildi. Fransiya va Germaniya COVID' cheklovlarini kuchaytirdilar. London meri markaziy maydondagi bayramlarni "xavfsizlik manfaati uchun" bekor qildi, Boris Jonson hukumati hali qattiq choralar ko'rishga qaror qilgani yo'q. 
 

Avvalroq, JSST  CovavaxTM' deb nomlangan vaksinani favqulodda foydalanish uchun tasdiqlagan edi. 

 

Nasiba To'xtayeva

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"