Jamiyat

Mast holda mashina haydaganlarga jazo kuchaytiriladi

Komil Allamjonov ushbu huquqbuzarlik uchun 15 sutka qamoq jazosi qo‘llashni taklif qildi.

Mast holda mashina haydaganlarga jazo kuchaytiriladi

 

23-dekabr kuni Toshkentda yuk avtomobillari bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga doir yig‘ilish o‘tkazildi. Unda spirtli ichimlik isteʼmol qilib rul boshqarayotgan haydovchilarga nisbatan jazo choralari kuchaytirilishi haqida aytib o‘tildi.

 

Shundan so‘ng Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov ushbu taklifga munosabat bildirib, uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

 

Mass-media fondi raisi yiliga minglab odamlar vafot etayotganini inobatga olib, bu sohada favqulodda holat eʼlon qilish kerak deb hisoblaydi.

 

“Spirtli ichimlik isteʼmol qilib transport boshqarayotgan haydovchilarga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi va haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilishni taklif qilaman”, – deya yozdi Allamjonov o‘zining telegram kanalida.

 

Amaldagi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasiga asosan, mast holda mashina haydash transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilib, 25 BHM (6,7 mln so‘m) jarimaga solishga sabab bo‘ladi.

 

Avvalroq Surxondaryoda mast haydovchi ikki nafar YPX inspektorini sudrab ketgani haqida xabar berilgandi.

 

Mast holda mashina haydaganlarga jazo kuchaytiriladi | Zamon.uz