Jamiyat

Oilaviy ajrimlarni kamaytirish uchun platforma yaratildi

Yoshlar forumi doirasida “yoshoila.uz” saytining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Oilaviy ajrimlarni kamaytirish uchun platforma yaratildi

 

"Oʻzbekiston yoshlari forumi – 2021" doirasida 24-dekabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida "yoshoila.uz" elektron sayti va mobil ilovasi taqdimot qilindi.

 

Ushbu platforma yosh oilalar mavzusiga bagʻishlangan bo‘lib, unda farzand tarbiyasi, oilalar mustahkamligini taʼminlash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha videoroliklar, infografik lavhalar jamlangan. 

 

Shuningdek, saytda yosh oilalar muammolarini oʻrganish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish va yoshlarni qiziqtirib kelayotgan savollariga javob berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Avvalroq “Yoshsaylovchi.uz” elektron platformasi ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Oilaviy ajrimlarni kamaytirish uchun platforma yaratildi