Jahon

"Omiсron" — dunyoda vaziyat jiddiylashmoqda

Yangi mutatsiya ustidagi tadqiqotlar qizg‘in davom ettirilmoqda.

"Omiсron" — dunyoda vaziyat jiddiylashmoqda

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi maʼlumotiga ko‘ra koronavirusning “Omiсron” shtammi aniqlangan mamlakatlar soni yana kengaydi.

 

Xususan, yangi variant ilk bor Belarus Respublikasida ham qayd etildi. Tekshiruvlar yakunida bu infeksiyani bir yo‘la 4 nafar fuqaro yuqtirgani maʼlum bo‘ldi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, hozir bemorlarning ahvoli stabil, xastalik yengil alomatlar bilan kechmoqda.

 

Yaqin haftalarda “Omiсron” dunyo aholisining katta qismi yashaydigan Hindiston uchun ham jiddiy “boshog‘riq”qa aylanishi mumkin. Chunki bu yerda yangi shtamm bilan kasallanganlar soni qisqa muddatda qariyb 800 nafarga yetgan. Shundan 238 ta holat mamlakat poytaxtida qayd etilgan. Maxarashtra (167), Gujarat (73) va Kerala (65) shtatlarida ham ko‘rsatkichlar yuqori. Shunga qaramay, hozirga qadar 241 kishi “Omiсron”dan sog‘aygan.

 

Daniyada ham ahvol yomon. “The Guardian” nashri tahliliga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish darajasi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlar qatoriga yetgan. Yaʼni bu yerda har 100 ming kishidan 1612 nafari ushbu xastalikni boshdan o‘tkazgan. Bunda, tabiiyki, yangi shtammning taʼsiri katta. Chunki o‘tgan haftada mamlakatda “Omiсron” dominant variantga aylangandi.

 

Buyuk Britaniyada esa kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari kun sayin oshib boryapti. So‘nggi sutkada bu yerda 128 mingdan ziyod kishiga СOVID-19 tashxisi qo‘yilgan. Shunga qaramay, “Omiсron”ni yuqtirib kasalxonaga yotqizilganlar o‘rtacha uch kun ichida sog‘ayib, shifoxonadan chiqarilmoqda.

 

Ana shunday murakkab vaziyatda yangi mutatsiya ustidagi tadqiqotlar qizg‘in davom ettirilyapti. Jumladan, Janubiy Afrikadagi eng yirik xususiy tibbiy sug‘urta kompaniyasi bosh direktori Rayn Rouchning xulosa qilishicha, ovozda to‘satdan xirillash paydo bo‘lishi “Omicron”ning ilk alomati bo‘lishi mumkin. Keyinroq esa burun bitishi, quruq yo‘tal va tananing turli qismlarida og‘riqlar kuzatiladi.

 

Avvalroq pandemiya yana qancha davom etishi hamda "Omiсron" shtammi Turkiyaga ham yetib borgani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

"Omiсron" — dunyoda vaziyat jiddiylashmoqda | Zamon.uz