O'zbekiston

Uchtepada yangi Davlat xizmatlari markazi ochildi

Murojaatchilarga bir vaqtning o‘zida 160 dan ortiq turdagi xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yaratildi.

Uchtepada  yangi Davlat xizmatlari markazi ochildi

 

Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida bunyod etilgan va zamonaviy IT-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markazining 1000 kvadrat metr maydonga ega yangi binosi o‘z faoliyatini boshladi.

 

Bino qurilishida, zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor berildi. Bu yerda elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish va salomatlik burchaklari, bolalar maydonchasi hamda mini-kutubxona tashkil qilingan. Tashrif buyuruvchilar xizmatlardan mustaqil foydalanishlari shuningdek, turli imkoniyatlardan xabardor bo‘lishlari uchun axborot stendlari
va posterlar qo‘yilgan.

 

Ushbu Markaz tumandagi 280 mingga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatish bilan birga, eksterritorial tamoyili asosida Toshkent shahri
va respublikamizning barcha xududlaridan tashrif buyurgan fuqarolarga ham xizmat ko‘rsatadi.

 

Agentlik xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da yaxshilash va imkon qadar soddalashtirish ustida doimiy ravishda izlanib, bu boradagi ishlarini davom ettirmoqda. Markazda elektron navbat tizimi bilan integratsiya qilingan maxsus platforma mavjud bo‘lib, uning yordamida mijozlar xizmat ko‘rsatish jarayoni va xizmat ko‘rsatgan xodimni baholash mumkin bo‘ladi. Bu esa fuqarolar bilan qayta aloqaning muhim usullaridan biri sifatida murojaatchilar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da oshirishga  yordam beradi.

 

Yangi Markazda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmati tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan bo‘lib, 2022 yil 1 yanvardan boshlab, ushbu davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali ham ko‘rsatiladi.

 

Tashrif buyuruvchilarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda, davlat xizmatlaridan foydalanishda NFC mahsus qurilmasi ishga tushirildi. Uning yordamida ID kartadagi fuqaroning shaxsi aniqlanadi va tizimda arizachining maʼlumotlari avtomat tarzda to‘ldiriladi.

 

Jismoniy imkoniyati cheklangan, turli sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lib qolgan murojaatchilarga barcha sharoitlarni yaratish maqsadida nogironlik aravachasi orqali binoga kirish imkonini beruvchi pandus hamda shaxsiy ehtiyojlar uchun alohida xona shuningdek, “surdo-online” xizmatlari mavjud.

 

Hozirda Toshkent shahrida 12 ta Davlat xizmatlari markazi mavjud bo‘lib, ularning beshtasi zamonaviy jihozlangan binolarga ega.

 

Munojat Valiyeva

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.