0

2021-yilning eng boy rossiyalik milliarderlari ro‘yxati tuzildi. Alisher Usmonov nechanchi o‘rinda?

Bloomberg Billionaires Index(BBI) reytingiga ko‘ra, o‘tgan 2021 yilda rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi 56,215 milliard dollarga oshgan.

2021-yilning eng boy rossiyalik milliarderlari ro‘yxati tuzildi. Alisher Usmonov nechanchi o‘rinda?

 

Tahlillarga ko‘ra, “Novatek”ning hammuallifi Leonid Mixelson “2021-yilning eng boy rossiyalik milliarderi” nomini olgan. Boyligi o‘tgan yil hisobida 7,68 milliard dollarga ortgan Mixelsonning umumiy boyligi ayni vaqtda 32,4 milliard dollarga baholanmoqda.

 

Undan keyingi o‘rinda “Norilsk Nikel” kon-metallurgiya kompaniyasi prezidenti Vladimir Potanin joy olgan. Potanin eski yilda 846 million dollar qo‘shimcha daromad qilgan. Ayni vaqtda uning boyligi 30,9 milliard dollarga yetganligi aytilmoqda.

 

Eng boy rossiyalik milliarderlar uchligini “NLMK” po‘lat kompaniyasining benefitsiari Vladimir Lisin yakunlab bergan. U o‘tgan yili 4,14 milliard dollar daromad qilib, o‘z boyligini 28 milliard dollarga yetkazib olgan.

 

Qolgan o‘rinlarni esa “Lukoyl” neft kompaniyasi egalaridan biri Vagit Alekperov (22,8 milliard dollar), “Novatek” ulushi egalaridan biri Gennadiy Timchenko (22,4 milliard dollar), USM Holdings asoschisi va egasi Alisher Usmonov (21,3 milliard dollar), hamda “Renova” guruhi va “Skolkovo” jamg‘armasi prezidenti Viktor Vekselberg (18,5 milliard dollar) egallagan.

 

Shuningdek, reytingdagi eng badavlat rossiyaliklar o‘ntaligiga o‘tgan yili 420 million dollar zarar ko‘rgan Roman Abramovich (18 milliard dollar) va kapitali 622 million dollarga kamaygan Andrey Melnichenko (17,5 milliard dollar) ham kiritilgan.

 

Maʼlumot uchun, Alisher Usmonov o‘tgan yil hisobida 145 million dollar qo‘shimcha foyda ishlagan.

 

Avvalroq Donald Tramp eng boy amerikaliklar ro‘yxatidan joy ololmagani hamda dunyoning eng boy odamlari ro‘yxati o‘zgargani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

2021-yilning eng boy rossiyalik milliarderlari ro‘yxati tuzildi. Alisher Usmonov nechanchi o‘rinda?