Jahon

Dunyoda ilk bor cho‘chqa yuragi odamga ko‘chirib o‘tkazildi

Bu turdagi jarrohlik amaliyoti kelajakda donor yetishmovchiligi muammosini hal qilishi mumkin.

Dunyoda ilk bor cho‘chqa yuragi odamga ko‘chirib o‘tkazildi

 

AQSHning Merilend universiteti tibbiyot markazida birinchi marta genetik modifikatsiyalangan cho‘chqaning yuragini odamga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, bemor 57 yoshli Devid Bennet ismli erkak bo‘lib, unga davolab bo‘lmaydigan yurak xastaligi tashxisi qo‘yilgan. U bir nechta tibbiyot markazlaridan transplantatsiya operatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha rad javobini olgan. Eksperimental protsedura uning so‘nggi imkoniyati edi.

 

“Birinchi turdagi jarrohlik amaliyoti natijasida davolab bo‘lmaydigan yurak xastaligiga chalingan 57 yoshli bemorga genetik modifikatsiyalangan cho‘chqa yuragi muvaffaqiyatli transplantatsiya qilindi, uch kundan buyon uning ahvoli yaxshi”, — deyiladi xabarda. Shuningdek, bemorning bir necha hafta shifokorlar nazoratida bo‘lishi ta’kidlangan.

 

Shifokorlar kelajakda bunday operatsiyalar donor organlarning yetishmasligi muammosini hal qilishini taʼkidlamoqda. Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Qo‘shma Shtatlarda 110 mingga yaqin odam aʼzolarni ko‘chirib o‘tkazish uchun navbatda turibdi, ulardan olti mingga yaqin bemor har yili operatsiyani kutmasdan vafot etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 56 yoshli AQSH fuqarosi yuragidan o‘n santimetrlik sement olib tashlangani haqida xabar berilgandi. 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Dunyoda ilk bor cho‘chqa yuragi odamga ko‘chirib o‘tkazildi | Zamon.uz