Jahon

JSST: Homilador ayollar ham COVID-19 ga qarshi emlanishi kerak

Tashkilotga ko'ra, virus homilador onadan bolaga yuqmaydi.

JSST: Homilador ayollar ham COVID-19 ga qarshi emlanishi kerak

 

Koronavirusga qarshi dori-darmonlar va vaksinalar  homilador ayollarda ham sinovdan o'tkazilishi kerak, chunki aholining ushbu toifasi yuqori xavf ostida. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

 

"Barcha mamlakatlarda homilador ayollar o'z hayoti va farzandlarining hayotini himoya qilish uchun vaksinalardan  foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishi juda muhim. Shuningdek, biz homilador ayollarni yangi davolash usullari va  klinik sinovlariga qo'shishga chaqiramiz", dedi u.

 

Shu bilan birga, Gebreyesus virusning ona qornida yoki tug‘ilish vaqtida bolaga yuqishi holatlari nihoyatda kam uchrashini va ona sutida virusning faol zarralari aniqlanmaganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan JSST rahbari COVID-19 bilan kasallangan ayollarni yangi tug‘ilgan farzandlaridan  ajratmaslikka chaqirdi.

 

"Bu tug'ilishdan keyingi dastlabki kunlarda bolalarning sog'lig'i va farovonligiga zarar yetkazishi mumkin", - dedi u.

 

Avvalroq JSST "Omicron" shtammi dunyoda har uch kunda ikki barobarga ko'payishi haqida ogohlantirgandi.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"