O'zbekiston

O’zbek-tojik chegarasida nazorat kuchaytirildi

Bunga “Omicron” shtammi tarqalishi sabab bo’lgan.

O’zbek-tojik chegarasida nazorat kuchaytirildi

 

O‘zbekistonda koronavirusning “Omicron” shtammi aniqlangani sabab o‘zbek-tojik chegarasidagi nazorat kuchaytirilmoqda. Bu haqda Tojikistonning Sug‘d viloyati sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari o‘rinbosari Majnun Oripov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Darakchi.uz nashri.

 

Oripov ta’kidlashicha, endilikda O‘zbekiston hududiga kirayotgan har bir kishi PZR testini topshirishi shart.

 

"Hozirgi kunda Konibodamdagi "Patar", Mastchi tumanidagi Fotehobod, Panjikentdagi Sarazm, shuningdek, "Xo‘jand" xalqaro aeroportida tibbiyot xodimlari kecha-yu kunduz navbatchilik qilmoqda",  dedi Oripov. 

 

Nazorat-o‘tkazish punktlarida PZR tekshiruvi bepul. Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekiston Tojikiston fuqarolaridan barcha nazorat punktlarida ushbu turdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi uchun 110-120 ming so‘m (120-130 somoni) olayotgani aytib o‘tilgan. 

 

Bundan tashqari, O‘zbekistonga kiruvchi barcha fuqarolar kasallik tarqalishining oldini olish uchun 2 hafta davomida uy karantinida bo‘lishlari kerak.

 

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

custom img

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Ulardan biri 85 mln so‘m, boshqalari esa 4 ming va 5 900 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

custom img

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Bahslar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan, hozirda uni to‘liq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Jizzax tibbiyotida 180 kunlik tajriba: yangi tibbiy tizimdan nimalar kutilyapti?

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini 180 kun ichida yuqori texnologiyali hududiy referens markazga aylantirishga qaratilgan «Jizzax-180» dasturi ishga tushirildi.

custom img

"O‘zbekgidroenergo" tizimidagi 8 ta obyektga yangi JAC avtomobillari topshirildi

Yangi transport vositalari tog‘li va murakkab hududlarda xizmat ko‘rsatish ishlarini tezkor tashkil etishga xizmat qilishi bildirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"