Jahon

Karantin qoidalarini buzgan chexiyalik fuqaroga 3 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda

U kasallikni ataylab tarqatishda ayblanmoqda.

Karantin qoidalarini buzgan chexiyalik fuqaroga 3 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda

 

Chexiyaning Vlashim shahrida yashovchi shaxs koronavirusni qasddan tarqatishda ayblanmoqda, buning uchun u uch yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

 

Bu haqda huquq-tartibot idoralari xodimlariga tayanib, Vlesk gazetasi xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning noyabr oyida 43 yoshli erkakka koronavirus uchun ijobiy test topshirganidan keyin o‘zini izolyatsiya qilish buyurilgan. Shunga qaramay, kasallangan kishi jamoat joylariga niqob va respiratorsiz borgan.

 

Xususan, u yong‘in sodir bo‘lgan paytda o‘z qarindoshlarining uyida himoya vositalarisiz bo‘lgan, natijada voqea joyida ishlagan 80 ga yaqin o‘t o‘chiruvchilar, politsiyachilar va tibbiyot xodimlariga yuqtirish xavfi tug‘ilgan.

 

Umuman olganda, politsiya aniqlaganidek, erkak 100 ga yaqin odam bilan aloqada bo‘lgan. Ulardan qanchasi COVID bilan kasallangani aniqlanmadi.

 

Qoidabuzarga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson karantin qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda - birinchi karantin paytida u 100 kishi ishtirokida ziyofat uyushtirgan.

 

Avvalroq JSST homilador ayollar ham koronavirusga qarshi emlanishi kerakligini maʼlum qilgandi.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"