Jahon

Bayden Yevropaga qo‘shimcha kuchlar jo‘natadi

Bunga Rossiya-Ukraina chegarasidagi vaziyat sabab qilib ko‘rsatilgan.

Bayden Yevropaga qo‘shimcha kuchlar jo‘natadi

 

Yaqin kelajakda AQSH harbiylari Sharqiy Yevropa va NATO mamlakatlariga jo'natiladi. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden maʼlum qildi, deb yozadi Reuters. 

 

“Bayden yaqin orada AQSH qo‘shinlarini Sharqiy Yevropa va NATO mamlakatlariga joylashtirishini aytdi”, — deyiladi bayonotda.

 

Aniq sanalar hali eʼlon qilinmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi tahdidi fonida Vashington Yevropaga 8,5 mingga yaqin askar jo‘natishni rejalashtirmoqda. Pentagon, shuningdek, AQSH qo‘shinlarining ichki va xorijdagi jangovar tayyorgarligini oshirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"