O'zbekiston

1-fevraldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Мahalliy farmatsevtlarga mahsulotlarni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarining 75 foizi qoplab beriladi.

1-fevraldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

 

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar elektron tizim orqali aniqlanadi

 

Hukumatnig 26-son qaroriga asosan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga oid maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi.

 

Yangi hokim o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-76-son qaroriga ko‘ra, 2022 yil 1 fevraldan boshlab:

- viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi.

Shuningdek, Prezident qarorida Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlarining arxitektura, kapital qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritilishi belgilangan.

 

Baliq yetishtiruvchilarning foyda, yer va mol-mulk soliqlari 50 foizga kamaytiriladi

 

Prezident qaroriga muvofiq, 1 fevraldan fuqarolaro‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

Qolaversa, ushbu sanadan boshlab 2025 yilning 1 yanvarigacha baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, biroq daromadining 80 foizidan ortig‘ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan subyektlar uchun foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

 

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha reyting joriy qilinadi

 

Prezident qarori bilan 1 fevraldan eksperiment tariqasida o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha reyting baholash tizimi joriy qilinadi. 2022 yil 1 iyuldan esa barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.

 

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi

 

Prezident qaroriga ko‘ra, 1 fevraldan boshlab Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufida professional taʼlim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda barcha hududlardagi kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha har chorakda qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi.

Bunda, qisqa muddatli kurslarning o‘quv dasturlari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni inobatga olgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati hamda O‘zbekiston karlar jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.

 

S1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 2 yil davomida ustama to‘lanadi

 

Hukumat qarori asosida 1 fevraldan taʼlim tili rus tili bo‘lmagan umumtaʼlim muassasalarda (sinflar) ishlayotgan S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab 2 yil davomida ustama to‘lanadi. Bunda ustama o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida bo‘ladi.

Bunda rus tili bo‘yicha Test of Russian as a Foreign Language (TORFL) xalqaro sertifikatining C1 darajasi, "Test po russkomu yaziku kak inostrannomu" (TRKI) xalqaro sertifikatining TRKI 3 darajasi, "Test po russkomu yaziku kak inostrannomu" xalqaro sertifikatining S1 darajasi hamda Common European Framework of Reference (CEFR) metodikasi bo‘yicha S1 darajadagi sertifikatlar o‘zaro muvofiq hisoblanadi.

 

Elektron to‘lov cheklarida ham fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi o‘rnatiladi

 

Prezident qarori bilan 2022-yil 1-fevraldan boshlab to‘lov tashkiloti, tijorat banklarining elektron to‘lov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali), shuningdek, elektron tijorat platformalari — "Marketpleys"larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlar bo‘yicha tranzaksiya-larning (“P2P”, kredit to‘lovlari bundan mustasno) elektron cheklarida soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiyalashgan va avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi o‘rnatilsin.

 

Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga davlat byudjetidan har oy qo‘shimcha transfertlar ajratiladi

 

Prezident farmoniga ko‘ra, moliya vaziri Timur Ishmetovga 2022 yil 1 fevraldan 2023 yil 1 yanvarga qadar Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga har oyda 2,5 mlrd (jami 27,5 mlrd) so‘m miqdoridagi qo‘shimcha transfertlar Davlat byudjetidan ajratilishini taʼminlash yuklatilgan.

 

Hokimlarning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga ham masʼul bo‘ladi

 

Prezident qaroriga asosan 1 fevraldan boshlab viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tashkil etiladi.

Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlarining arxitektura, kapital qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. VM apparati tuzilmasidaa 3 nafar xodimdan iborat bo‘lgan Ekologik nazorat bo‘limi tashkil etiladi.

 

Mahalliy farmatsevtlarga mahsulotlarni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarining 75 foizi qoplab beriladi

 

Preziident farmoni muvofiq, 1 fevraldan mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarining 75 foizi Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasidan qoplab beriladi. Buning uchun ular ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etish kerak bo‘ladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"