O'zbekiston

Og‘ufurush qonun oldida javob berdi

Kannabis o‘simligi tarkibida giyohvand moddalar borligi sabab ekish taqiqlanadi. Qonunga xilof ish tutganlar uchun jazo muqarrar.

Og‘ufurush qonun oldida javob berdi

 

Qo‘shrabot tumani “Qovunchi” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Aliyev ham kirdikorlarining oxiri fojia bilan yakun topishini bilaturib, jinoyatga qo‘l urdi. 1977-yilda tug‘ilgan fuqaro 2021-yilning aprel oyidan boshlab 18-iyunga qadar hovlisida 53 tupdan iborat taqiqlangan Kannabis ekinlarni ekib, parvarishlab kelgan. U 40 grammdan ortiq o‘simlik barglaridan Marixuana giyohvandlik vositalarini tayyorlab, kelgusida isteʼmol qilish maqsadida yashash xonadonida saqlab kelgan.

 

Qo‘shrabot tuman IIB vakillari “Qovunchi” mahallasida istiqomat qiluvchi jinoyatchi A.Aliyevning xonadonida tintuv ishlarini olib bordi. Qidiruv jarayonida fosh etilgan 40,42 gramm marixuana hamda 53 tup Kannabis o‘simligi videotasmaga olinib, hujjatlashtirildi.

 

Albatta, hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi. A.Aliyevga Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tuman sudi tomonidan tegishli jazo choralari qo‘llanildi.

 

                                                                                                                   Begzod Jumaboyev,

Samarqand viloyat sudining sudyasi.

Ilhom G`ulomov,

Qo'shrabot tuman sudi raisi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"