0

Mashhur bloger Ozod va aktrisa Husnora birgalikda duet kuyladi

Instabloger va aktyor Ozod Hurramov tavallud kunini shouga aylantirdi.

Mashhur bloger Ozod va aktrisa Husnora birgalikda duet kuyladi

 

Ozod Hurramov o‘zining tug‘ilgan kunini nishonladi. Mazkur bazmda shou-biznes vakillari, aktyor, aktrisalar, blogerlar va yaqinlari ishtirok etdi. Ular orasida Husnora Shodiyeva ham bo‘lgan.

 

Tug‘ilgan kun bazmi davomida Husnora hamda Ozod birgalikda qo‘shiq kuylagan. Ular xonandaning “Eslamayman” taronasini ijro etgan.

 

Bu videoni Husnora Shodiyeva Instagram sahifasiga joylagan.

 

Instablogerning tug‘ilgan kunida bloger Babymohi unga “City House”da o‘zi qaragan “Elza” laqabli kuchukning rasmi tushirilgan kichkina gitara sovg‘a qildi. Bu esa uning ko‘z yoshiga sabab bo‘ldi.

 

Ozod Hurramov tug‘ilgan kunida ko‘plab obrazlarda ko‘rinish bergan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Ozoda Nursaidovani tug‘ilgan kunida gaz orqali shishirilgan sharlar portlab ketgani hamda “Dizayn” jamoasiga O‘zbekistondan chiqish vaqtincha taqiqlangani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"