Jahon

Josuslik dasturi tufayli oddiy telefonlar savdosi oshdi

Pegasus dasturi atrofidagi mojaro hali tingani yo‘q.

Josuslik dasturi tufayli oddiy telefonlar savdosi oshdi

 

Isroilda Pegasus josuslik dasturi atrofidagi mojaro fonida Nokia telefon apparatlari savdosi oshib ketdi.

 

Mojaro “Kalkalist” gazetasida eʼlon qilingan yirik jurnalistik surishtiruvdan so‘ng boshlandi. Maqola mualliflari taʼkidlashicha, josuslik dasturi politsiya xabari bilan siyosatchilar, davlat arboblari, yirik tashkilot rahbarlari va boshqalarning telefoniga o‘rnatilgan.

 

Jurnalistlar bu qonunga xilof ekanini aytmoqda. Maʼlumotlar aniq bir maqsad bilan emas, balki "ish berib qolar" degan fikr bilan kuzatilgan.

 

Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden Baydenning ham telefoni kuzatilganini aytgan edi. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, o‘sha paytdagi bosh vazir va yana 14 vazirning telefonlarida Isroilning Pegasus dasturiy taʼminoti orqali josuslik qilingan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Shuningdek,  “Guardian” nashri dunyoning 11 mamlakatidagi hukumat amaldorlari Isroilning "NSO Group" kompaniyasiga qarashli “Pegasus” josuslik dasturidan jurnalistlar va muxolifatdagi siyosatchilarni kuzatishda foydalanganini yozgandi. 

 

Sharofat Mahmudova

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"