Jahon

AQSH vaʼdasining ustidan chiqmadi —Amir Xon Mutaqqiy

Afg‘oniston TIV rahbari Vashington bilan erishilgan kelishuvlarni ochiqladi.

AQSH vaʼdasining ustidan chiqmadi —Amir Xon Mutaqqiy

 

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Mutaqqiy AQSHni mavjud kelishuvlarni buzishda aybladi. Bu haqda u “RIA Novosti”ga bergan intervyusida aytgan.

 

“AQSH ayrim vaʼdalarining ustidan chiqmadi. Masalan, shartnomada islom amirligi (“Tolibon” Afg‘onistonda tuzilgan yangi davlatni shunday nomlaydi, u hech qaysi davlat tomonidan tan olinmagan) asirlarini bir necha kun ichida ozod qilish belgilangan. Ammo bu biz Kobul va boshqa viloyatlarni nazoratga olmagunimizcha amalga oshmadi, ularni o‘zimiz ozod qildik”, – degan TIV rahbari.

 

Shu bilan birga Mutaqqiy Vashington yangi hukumat rasmiy vakillarini qora ro‘yxatdan chiqarmaganini qayd etdi. Bu ham o‘zaro kelishuvlarning shartlaridan biri bo‘lgan.

 

“AQSH AFg‘oniston tiklanishida yordam berishni va boshqa davlatlarni bunga chaqirishga vaʼda bergandi. Buning o‘rniga ular sanksyalar joriy etdi”, – deb aytgan siyosatchi.

 

Shunday bo‘lsa-da, “Tolibon” tashqi ishlar vaziri Kobul Amerikaga berilgan kafolatlarni ustidan chiqqanini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AFg‘oniston AQSH bilan iqtisodiy hamda diplomatik aloqalarni saqlab qolishi kerak bo‘lgan va bu amalga oshirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” vakili ayollarning mudofaa sohasida ishlashi mumkinligini aytgani to‘g‘risida xabar qilingandi. 

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"