Jamiyat

Gaz to‘ldirilayotgan “Damas” yonib ketdi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Gaz to‘ldirilayotgan “Damas” yonib ketdi

 

Bugun, 23-fevral kuni soat 10:00 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga G‘allaorol tumani "Madaniyat" mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in bo'layotgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Darhol yong‘in joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yuborilgan. Qutqaruvchilar aytilgan manzilga soat 10:13 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida stansiya faoliyati avariya holatida to‘xtatilib, fuqarolar va boshqa transport vositalari zudlik bilan xavfsiz joyga ko‘chirilgan. 

 

Yong‘in soat 10:35 da to‘liq bartaraf etildi.

 

Yong‘in haydovchining ehtiyotsizligi (gaz to‘ldirish uskunasi avtomobildan uzilmasidan harakatlanish) oqibatida ro‘y bergan. Ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq To‘raqo‘rg‘on tumanida "Spark" hamda Qashqadaryoda “MAN” rusumli yuk mashinasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

Gaz to‘ldirilayotgan “Damas” yonib ketdi | Zamon.uz