O'zbekiston

Toshkent — Mo‘ynoq — Nukus aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Prezident mo‘ynoqliklar bilan muloqotda ma'lum qildi.

Toshkent — Mo‘ynoq — Nukus aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi

 

Maʼlumki, bu yer mamlakatimizning olis hududlaridan biri. Eng yaqin shahar – Qo‘ng‘irotgacha 100, Qoraqalpog‘iston markazi – Nukusgacha 200 kilometr masofa bor. Bu kommunikatsiyada qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy.

 

Shu bois mo‘ynoqliklarning hayoti, sharoitlariga davlatimiz rahbarining eʼtibori boshqacha. Bu hududni rivojlantirish bo‘yicha ikkita qaror qabul qilinib, manzilli dasturlar amalga oshirilgan. Prezidentimizning o‘zi ham Mo‘ynoqqa ikki marta — 2018 va 2019 yillarda tashrif buyurgan.  O‘shanda bu yerda transport kommunikatsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi. Shunga muvofiq, avtomobil yo‘llari taʼmirlandi. Mo‘ynoq aeroporti yangilanib, ishga tushirildi. Bu “havo porti” 1947 yilda qurilgan bo‘lib, ilgari kichik samolyotlarni qabul qilgan. Keyinchalik umuman ishlamay ham qolgan edi. Bugun hayotga qaytgan bu aeroportga ilk bor O‘zbekiston Prezidentining samolyoti kelib qo‘ndi.

 

Davlatimiz rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Aeroportda 50 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qo‘nish yo‘lagi va maydonchalar taʼmirlangan. Majmua atrofi ko‘kalamzorlashtirilgan. Prezident shu yerda mo‘ynoqlik yoshullilar, mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar bilan uchrashdi.

 

"Oxirgi besh yilda ko‘p narsani o‘rgandik, ilgari ishonilmagan narsalarga ishondik. Men birinchi kelganimda "madaniyat Mo‘ynoqdan boshlanadi" degandim. Shunday bo‘layapti. Mana shu aeroport ham bir misol. Endi Toshkent — Mo‘ynoq — Nukus aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Tashrifdagi yana bir yangilik — Orolbo‘yini birgalikda  rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari muayyan viloyatlarga biriktirilgan. Prezident buning sababi va ahamiyatini tushuntirib berdi.

 

"Orolbo‘yida ahvol yomon deb ko‘pchilik gapiradi. Lekin hamma ham bu yerga kelib ko‘rmagan. Orolning havosidan nafas olishi, sharoitni ko‘rib, adolatli baho berishi uchun bu yerga butun respublikadan rahbarlarni yubordim. Qoraqalpog‘iston rivojiga katta mablag‘ yo‘naltiramiz", — dedi Prezident.

 

Davlatimiz rahbari Mo‘ynoqdagi dolzarb masalalar, kelgusi ishlar bo‘yicha aholi fikrini so‘radi.

 

"Bu yerda qiyinchiliklarda toblangan, mehnatkash odamlar yashaydi. Faqat ularga ishlash uchun sharoit yaratib berishimiz kerak. Lekin qanday korxona quramiz? Nima ishlab chiqaramiz? Uning bozori nima bo‘ladi? Samolyot kelgani bejiz emas. Endi mahsulotlarni tashish osonlashadi. Shuning uchun sizlardan iltimosim: achchiq, asosli, manfaatli gaplarni aytinglar. Birgalikda yaqin ikki yilga aniq rejalarni belgilab olishimiz kerak", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Jamoatchilik vakillari hududdagi muhim masalalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Prezidentimiz ularni qo‘llab-quvvatlab, mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari bilan birga xizmat turlarini kengaytirish, xususan, ko‘ngilochar o‘yinlar uchun soliq imtiyozlari berish zarurligini taʼkidladi. Bu ichki turizm rivojiga, ish o‘rinlari ochilishiga xizmat qiladi.

 

Mo‘ynoq tumaniga Toshkent viloyati biriktirilgan. Uchrashuvda ushbu viloyat tadbirkorlari tomonidan Mo‘ynoq tumanida amalga oshiriladigan ishlar haqida aholi vakillari oldida taqdimot o‘tkazildi. Qayd etilganidek, bu yerda istirohat bog‘i quriladi, qo‘shimcha quvur tortib kelinadi. Keksalar sanatoriy, bolalar oromgohlarga yuboriladi. Davlatimiz rahbari aholi salomatligi masalasiga alohida eʼtibor qaratib, bu yerga kelib ishlaydigan shifokorlarga oylik ustamalar berish, uy bilan taʼminlash muhimligini taʼkidladi.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"