O'zbekiston

Namangan va Farg’onada tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasi bilan shug’ullanuvchi shaxslar ushlandi

Tezkor tadbir davomida jami 230 mln so’mlik tibbiy vosita va uskunalar aniqlangan.

Namangan va Farg’onada tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasi bilan shug’ullanuvchi shaxslar ushlandi

 

 

Tezkor tadbirlar davomida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida “Isuzu” avtomobili orqali bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmagan tibbiy uskunalarni olib kirayotgan shaxs ushlangan. 

 

Aniqlanishicha, avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va umumiy qiymati 80 million so‘mlik 2 dona lazerli tibbiyot uskunalari bor bo‘lgan. 

 

Shuningdek, Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Damas” rusumli avtomashina orqali umumiy qiymati 44 mln so‘mlik 11 ming dona tibbiyot buyumlari noqonuniy olib kirilayotgani aniqlangan. 

 

Bundan tashqari, Namangan shahrida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uning uyidan umumiy qiymati 106 mln so‘mlik 31 ming dona tibbiyot buyumlari topilgan.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.