Jahon

Biz Rossiya bilan urushmayapmiz — Jozep Borrel

Shuningdek, u sanksiyalar Yevropaga ham zarar keltirayotganini maʼlum qildi.

Biz Rossiya bilan urushmayapmiz — Jozep Borrel

 

Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan urush olib bormayapti. Bu haqda Yevroittifoq tashqi ishlar va siyosat bo‘yicha oliy komissari Jozef Borrel maʼlum qildi. 

 

Yevropa bosh diplomatining so‘zlariga ko‘ra, mavjud vaziyatda u Ukrainani qo‘llab-quvvatlayapti.

 

"Sanksiyalar muhim, ammo – siyosat emas. Bu voqealarga munosabat. Bizga mavjud muammolar yechimi kerak va bu yechimlar diplomatiya bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Biz Rossiya bilan urush olib bormayapmiz. Ammo biz hujumga uchraganlar tarafidamiz", — degan siyosatchi.

 

Shu bilan birga Borrel sanksiyalar Yevropaga ham tasʼir ko‘rsatishini aytgan. Bundan tashqari, u yadro urushi haqida gapirish — masʼuliyatsizlik ekanini maʼlum qilgan.

 

Maʼlumot uchun: 24-fevral kuni Rossiya Ukraina sharqida maxsus operatsiya boshlashini eʼlon qildi. Hozirda mamlakatning turli nuqtalarida janglar ketmoqda. G‘arb bunga javoban Moskvaga sanksiyalar joriy etdi. Qora ro‘yxatda Putin, RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va boshqa ko‘plab oliy martabali amaldorlar ham bor.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Rossiyaga sanksiya joriy etmagani sabablarini ochiqlangan edi.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Amaldor xorijiy davlatga 100 dan ortiq ma'lumot yetkazgan, ularning 35 tasi davlat siri deb topilgan.

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Ushbu chora Kaliningrad viloyatini transport blokadasidan himoya qilish va uning uzluksiz ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Mamlakat 2027-yil noyabridan statut ishtirokchisi bo‘lmaydi.

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Armaniston bosh vaziri referendum natijasiga qarab iste’foga chiqishi yoki tinchlik jarayonini yakunlash ustida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

AQSh prezidenti hujumlar kuchayganini AQShdagi oraliq saylovlarda demokratlar g‘alaba qozongani bilan bog‘ladi.

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Yana bir nafar fuqaro esa reanimatsiyaga yotqizilgan.

1983-yilgi rekord takrorlanishi mumkin: suv toshqini xavfi e’lon qilindi

1983-yilgi rekord takrorlanishi mumkin: suv toshqini xavfi e’lon qilindi

San-Fransiskoda suv sathi 262 santimetrgacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.