Jahon

Yaponiya yana to‘rtta Rossiya bankining aktivlarini muzlatib qo‘yadi

Kanada esa Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi.

Yaponiya yana to‘rtta Rossiya bankining aktivlarini muzlatib qo‘yadi

 

Yaponiya hukumati Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaning yana to‘rtta moliyaviy institutining aktivlarini muzlatish to‘g‘risidagi qarorini eʼlon qildi. Bu haqda Moliya vaziri Shunʼichi Suzuki maʼlum qildi, deb yozadi “Interfaks-Ukraina”.

 

U cheklovlarga duchor bo‘lgan banklarni nomladi: VTB Bank, Otkritiye Bank, Sovcombank va Novikombank. Sanksiyalar aprel oyi boshida kuchga kiradi.

 

Bungacha Tokio Rossiyaning uchta banki  — Rossiya, Promsvyazbank va VEB.RF aktivlarini muzlatib qo‘ygandi. Yevropa Ittifoqi Rossiyaning yetti bankini SWIFT tizimidan ajratgani xabar qilingan edi. Shuningdek, Kanada hukumati “Rosneft” va “Gazprom”ning yuqori mansabdor shaxslariga nisbatan shaxsiy sanksiyalar kiritadi. Bu haqda Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli maʼlum qildi, deb yozdi DW Kanada tashqi ishlar vazirligiga tayanib. Qayd etilishicha, Rossiya energetika sohasidagi ikki muhim kompaniya — “Rosneft” va “Gazprom”ning 10 ta asosiy shaxsiga nisbatan yangi cheklov choralari joriy etilmoqda.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"