Jahon

AQSh Eronga yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda: ehtimoliy sana ma’lum qilindi

Oq uyda 4–5-noyabr kunlari Donald Tramp va milliy xavfsizlik jamoasi Eronga zarbalarni qayta boshlash masalasini muhokama qilgan.

AQSh Eronga yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda: ehtimoliy sana ma’lum qilindi

 

AQSh ma’muriyati Eronga qarshi harbiy zarbalarni 9-noyabr kuni qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Fox News telekanali ma’muriyatdagi manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Telekanal suhbatdoshlariga ko‘ra, 9-noyabr kuni yangi oy sababli tunda oy yorug‘ligi deyarli bo‘lmaydi. Harbiy amaldorlar bunday sharoit operatsiya o‘tkazish uchun qulay bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

 

Manbalarning aytishicha, Oq uyda 4–5-noyabr kunlari prezident Donald Tramp va uning milliy xavfsizlik bo‘yicha jamoasi o‘rtasida Eronga zarbalarni qayta boshlash masalasi muhokama qilingan.

 

Fox News ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eronda yirik harbiy operatsiyalarni qayta boshlashga tayyorgarlikni yakunlamoqda. Biroq Vashingtondan yangi ko‘rsatma olgani haqida ma’lumot yo‘q.

 

Avvalroq Donald Tramp Eronga nisbatan uchta ehtimoliy yo‘lni ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi: yangi zarbalar berish, Tehronga iqtisodiy bosimni davom ettirish yoki kelishuvga erishish.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaro 28-fevralda boshlangan. Iyun oyida tomonlar harbiy harakatlarni to‘xtatishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan, biroq keyinchalik vaziyat yana keskinlashgan.

 

Hozirda Eron delegatsiyasi Qatarda vositachilar orqali AQSh bilan muzokaralar olib bormoqda. Reuters manbasiga ko‘ra, Tehron o‘zining yadroviy dasturi bo‘yicha Vashingtonga takliflar ham taqdim etgan.

Saylovdan keyingi ikki kun: Ilon Mask kompaniyalari 420 mlrd dollar yo‘qotdi

Saylovdan keyingi ikki kun: Ilon Mask kompaniyalari 420 mlrd dollar yo‘qotdi

Uning sof boyligi so‘nggi haftada 90 milliard dollarga qisqargan.

Putin va Zelenskiyga maktub: Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashdi

Putin va Zelenskiyga maktub: Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oleshki shahridagi gumanitar operatsiya va ikki davlat bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

U o‘z ishidan mamnunligini va prezident uchun ishlash doim rejasida bo‘lganini aytgan.

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar o‘qituvchi ham bor.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.