Jahon

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar o‘qituvchi ham bor.

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

 

Turkiyaning Afyonkarahisar viloyatida sodir bo‘lgan qurolli hujum oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi og‘ir jarohat oldi. Hodisa yuzasidan keng qamrovli tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Afyonkarahisar viloyati gubernatorligi ma’lumotiga ko‘ra, qurolli hujum 5-noyabr, payshanba kuni kechqurun viloyatdagi uchta qishloqda sodir bo‘lgan. Qurbonlarning jasadlari Ihsaniye tumanidagi Yukaritandir, Kiyir va Ayazini qishloqlaridan topilgan.

 

Anadolu axborot agentligi xabar berishicha, Yukaritandir qishlog‘idagi yo‘lda o‘qotar quroldan jarohatlangan ikki ayol aniqlangan. Ular shifoxonaga olib ketilganiga qaramay, vafot etgan. Kiyir qishlog‘ida yana uch kishining, Ayazini qishlog‘ida esa uch kishining jasadi topilgan. Qurbonlar orasida ikki nafar o‘qituvchi ham borligi xabar qilingan.

 

Viloyat hokimligi bayonotida hujum oqibatida jami sakkiz nafar fuqaro halok bo‘lgani va bir kishi og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgani tasdiqlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi nasosli miltiqdan foydalangan va voqea joyidan qizil avtomobilda qochib ketgan. Shundan so‘ng jandarmeriya hujum sodir bo‘lgan hududlardagi kirish va chiqish yo‘llarini nazoratga olib, gumondorni qidirish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlagan.

 

Keyinchalik Eskishehir viloyati gubernatorligi shaharda gumondor qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.

 

Hozirda hujumning barcha tafsilotlari, jumladan, uning sabablari va gumondorning maqsadlari aniqlanmoqda.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.