Jahon

Bizga qarshi gibrid urush uzoq davom etadi — Lukashenko

Belarus rahbari Ukraina nizosi tez orada tugashini taxmin qilgan.

Bizga qarshi gibrid urush uzoq davom etadi — Lukashenko

 

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 4 mart kuni Putin bilan ikki soat telefonda muloqot qilganini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Lukashenko bu haqda respublikada o‘tkazilgan referendum yakunlari bo‘yicha marosimda maʼlum qilgan.

 

"Ukrainada nizo qanday og‘ir bo‘lmasin, bugun boshlandi, ertaga tugaydi. Ammo Belarusga qarshi boshlangan gibrid urush, ayniqsa, iqtisodiyot va moliyadagi sanksiyalar uzoq davom etadi. Ular bizga qattiq yopishib oldi. Men bu haqda bugun Putin bilan ikki soat mobaynida gaplashdim", – degan u.

 

Maʼlumot o‘rnida: 24-fevralda Rossiya Ukraniada maxsus harbiy amaliyot boshlagach, Garb Moskva bilan birga, Belvrusga qarshi cheklovlar joriy etdi. Bir qancha davlatlar Minskni Rossiya bosqiniga yordam berishda ayblamoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus Ukrainaga qo‘shin kiritishi mumkinligi aytilgandi. 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.