O'zbekiston

Termizda norasmiy rahbar 500 mln kreditni talon-taroj qildi

U, shuningdek, garovga qo‘yilgan mulkni noqonuniy tasarruf etib olgan.

Termizda norasmiy rahbar 500 mln kreditni talon-taroj qildi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy bo‘limlari tomonidan o’tkazilgan tekshiruvlarda kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlangan.

 

Jumladan, Guliston shahrida  “M.K” MChJ rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib, tashkilotga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun ajratilgan 7 mlrd kredit mablag‘ining 3,5 mlrd so‘mini maqsadsiz safrlab, talon-taroj qilgan.

 

Termiz shahrida esa fuqaro “T. Q” MChJga norasmiy rahbarlik qilib, tashkilotga non mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi vositalarni sotib olish uchun ajratilgan 500 mln so‘m kredit pulini maqsadsiz sarflab yuborgan. Shuningdek, u kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan binoni qonunga xilof ravishda tasarruf etib olgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan ish qo‘zg‘atilgan.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"