Jahon

AQSH poytaxti yangi pandemiya o‘chog‘iga aylanishi mumkin

Vashington kalamushlarning ulkan uyasiga aylangan.

AQSH poytaxti yangi pandemiya o‘chog‘iga aylanishi mumkin

 

Amerikalik biologlar AQSH poytaxtida tadqiqot o‘tkazib, Vashington kalamushlarning ulkan uyiga aylanib qolganini aniqladi. Bu zararkunandalar yerosti yo‘llarida xavfsiz yashab, tez ko‘paymoqda. Buning ustiga ular yemish qidirib, yer ostiga tez-tez chiqa boshlagan.

 

Ular odamlarni ko‘rqitish va shahar ko‘rkini buzishdan tashqari infeksion kasalliklar o‘chog‘i ham sanaladi. Shuning uchun olimlar yangi epidemiya xavfidan ogohlantirmoqda. AQSH kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi Kolumbiya okrugida odamning xantavirusga chalinishining ikki holati qayd etilganini eʼlon qildi.

 

Xantavirus kemiruvchilar orasida tarqaluvchi virus bo‘lib, odamga oziq-ovqat mahsulotlari va suv orqali yuqadi. Alohida holatlarda virus yuqishiga kalamush tishlashi ham sabab bo‘ladi.

 

Xantavirusdar inson organizmiga tushib yuqori harorat chaqirishi, buyrak, yurak va o‘pkalarni ishdan chiqarishi mumkin. Hozirgacha bu virusdan aniq davo chorasi yo‘q. Shifokorlar faqat bemorning zararlangan organlarini davolashi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pfizer kompaniyasi rasmiysi Mikayel Dolsten investorlarga taqdimotida, koronavirus pandemiyasi dunyoning baʼzi qismlarida hozirgi vaziyatda bo‘lgani kabi yana bir yoki ikki yil davom etishini kutishlarini, boshqa mamlakatlarda esa pandemiyaning “endemik” holatga o‘tishini taxmin qilinayotganini maʼlum qilgandi. 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"