Jahon

Saudiya Arabistoni mudofaa sanoatini kuchaytirmoqchi

Mamlakatda dunyodagi eng yirik harbiy zavodlardan birini qurish rejalashtirilgan.

Saudiya Arabistoni mudofaa sanoatini kuchaytirmoqchi

 

Saudiya Arabistoni uchuvchisiz qurilmalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda “TASS” xabar berdi. 

 

Saudiya harbiy-sanoat kompaniyasi (SAMI) rahbari Valid Abu Xolidning maʼlum qilishicha, ushbu texnika 100 foiz Saudiya Arabistonida ishlab chiqariladi va qurolli kuchlarga yetkazib beriladi. "Biz dronlar bilan shug‘ullanadigan ko‘plab xorij kompaniyalari bilan hamkorlik qilyapmiz. Ular bizga shaxsiy qurilmalarni ishlab chiqishda yordam bermoqda. Shu bilan birga, hozirda dunyoda o‘q-dori ishlab chiqaruvchi eng yirik zavod qurish ustida ishlayapmiz", — degan u Ar-Riyоd xalqaro mudofaa sanoati mahsulotlari ko‘rgazmasida.

 

Abu Xolid 2030-yilga kelib qirollik 50 foiz harbiy xarajatlari mamlakat ichidagi kompaniya mahsulotlari uchun sarflanishini qo‘shimcha qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyorligini maʼlum qilgandi. 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.