Jahon

AQSH Moskvani eng yaqin hamkoridan judo qilmoqchi

Vashington Rossiyaning Xitoydan chiplar sotib olishini cheklamoqchi.

AQSH Moskvani eng yaqin hamkoridan judo qilmoqchi

 

Vashington Xitoyni Rossiya masalasida qattiq ogohlantirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Qo‘shma shtatlar savdo vaziri Jina Raymondoning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari Moskvaga qarshi sanksiyalarga amal qilmagan taqdirda texnologiya va dasturiy taʼminot import qila olmaydi.

 

“Rossiya cheklovlarni chetlab o‘tish uchun boshqa davlatlarni aylanib o‘tadi ammo Vashington Shanxaydagi SMIC kabi yarim o‘tkazgich ishlab chiqaradigan koоrporatsiyalarning Rossiya bilan savdo qilishini aniqlasa, texnologiya va dasturiy taʼminotdan mahrum qilib, shunchaki, uni yopib qo‘yadi. Bu Xitoyning chip ishlab chiqarish salohiyatiga o‘nglanmas zarba beradi”, – degan siyosatchi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi ortidan G‘arb yuqori texnologiyalar sanoatiga ham sanksiyalar joriy etdi. Unga ko‘ra, Moskva AQSH va uning ittifoqchilaridan yarim o‘tkazgichlar xarid qila olmaydi. Ekspertlar endilikda ushbu yo‘nalishda Xitoy RFning asosiy hamkori bo‘lishini taxmin qilayotgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiya qo‘llay olmasligini maʼlum qilgandi. 

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Mamlakatning sharqiy sohilida siklon ortidan elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevrokomissar inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez oshirish va zarur zaxiralarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Tomonlar kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun uch tomonlama muvofiqlashtirish mexanizmini yaratishga kelishib oldi.