Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi
Uchrashuvda “SamAvto”ni modernizatsiya qilish va yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Anqara shahrida “Anadolu Group” xoldingi boshqaruv kengashi raisi Kamilxan Suleyman Yazijini qabul qildi.
Uchrashuvda kompaniyaning salqin ichimliklar va avtomobilsozlik sohalarida O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan yirik investitsiyalari mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonch ifodasi sifatida qayd etildi.
Muloqot davomida Samarqanddagi “SamAvto” korxonasini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va eksport hajmini kengaytirishga qaratilgan qo‘shimcha investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Turkiyaning yirik chakana savdo tarmog‘ini O‘zbekiston bozoriga olib kirish, chorvachilik majmuasini barpo etish, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.








