Sport

FIFAdan ukrainalik futbolchilarga yana bir yangilik

Ukrainalik  futbolchi o'ynamoqchi bo'lgan klub uni  transfer oynasidan tashqarida ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.

FIFAdan ukrainalik futbolchilarga yana bir yangilik

 

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) ukrainalik futbolchilarga istalgan vaqtda u yoki bu klubga o‘tishga ruxsat beruvchi reglamentga o‘zgartirish kiritdi.


Ukrainalik  futbolchi o'ynamoqchi bo'lgan klub uni  transfer oynasidan tashqarida ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.
Qaror Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi bilan bog‘liq. Bu, xususan, Ukraina futbol chempionatining to'xtatilishiga olib keldi.


Avvalroq FIFA Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) bilan birgalikda Rossiya futboliga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi. Shu tariqa, Rossiya terma jamoasi va Rossiya Federatsiyasi klublari ushbu tashkilotlar shafeligidagi musobaqalarda ishtirok eta olmaydi. Bundan tashqari, FIFA Rossiya chempionatida to'p surayotgan legionerlarga 30-iyunga qadar mahalliy klublar bilan shartnomani bir tomonlama to'xtatib turish va tegishli muddatga xorijliklar bilan shartnoma imzolash imkonini berdi.

 

Nasiba To'xtayeva

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"