0

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytiriladi

Eski namunadagi “pravalar”ni almashtirish xizmati 19-martdan vaqtincha ishlamaydi.

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytiriladi

 

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati texnik-profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan 19-martdan – 2-aprel kunigacha vaqtincha ishlamaydi.

 

Haydovchilik guvohnomasini almashtirishning oxirgi muddatlarini mutanosib tarzda – 2023-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.

 

IIV ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilning 1-aprelidan boshlab haqiqiy emas deb topiladigan haydovchilik guvohnomalari bo‘yicha, istisno tariqasida tegishli ta’sir choralari qo‘llanilmaydi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"