Siyosat

Ombudsmanning faoliyatidan senatorlar qoniqdimi?

Senatning 24-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2021-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Ombudsmanning faoliyatidan senatorlar qoniqdimi?

 

Mazkur masala yuzasidan Ombudsman Feruza Eshmatova so‘zga chiqdi. 

 

Taʼkidlanishicha, Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari tomonidan 9 ta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan.

 

Senatorlar tomonidan Ombudsmanga kelib tushgan ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik huquqlar bilan bog‘liq murojaatlar o‘tgan yilga nisbatan kamaygan bo‘lsa-da, fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari bilan bog‘liq murojaatlar soni oshganligi qayd etildi.

 

Bundan tashqari, murojaatlar to‘liq, xolisona va chuqur ko‘rib chiqilmaganligi, unga yuzaki yondashilganligi hamda murojaat mualliflariga javob xatlari o‘z vaqtida yuborilmaganligi oqibatida hisobot davrida kelib tushgan murojaatlarning 4 655 tasi yoki 25 foizini takroriy murojaatlar tashkil qilgani tanqid qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2 baravarga ko‘paygan.

 

2021-yilda Ombudsman tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga kiritilgan jami 94 ta taʼsir choralardan (xulosa, taqdimnoma va daʼvo ariza) faqat 58 tasi (61 foizi) qanoatlantirilgan. Ammo qolgan taʼsir choralarining to‘liq yechimi taʼminlanmaganligi, bunda Ombudsman tomonidan Oliy Majlis palatalarining parlament nazorati institutidan yetarli foydalanmagani qayd etildi.

 

Shu bilan birga, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni qiynoqqa solish va kamsituvchi muomalada bo‘lish bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringning natijadorligi yetarli emasligi ham ko‘rsatib o‘tildi.

 

Shuningdek, majlisda senatorlar tomonidan Ombudsmanga fuqarolarning murojaatlarini xolisona ko‘rib chiqish hamda mualliflarga o‘z vaqtida va asosli javob berish orqali takroriy murojaatlar sonini kamaytirishga, vazirlik, davlat idoralari hamda nodavlat tashkilotlari bilan birgalikda mahallalarda fuqarolarni huquqiy madaniyati va bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish hamda murojaatlarda qayd etilgan muammolarni joyida hal etish borasida tegishli tavsiyalar berildi.

 

Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"