O‘zbekistonda yana bir to‘lov tashkiloti faoliyatiga ruxsat berildi
Ruxsatnoma Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq taqdim etildi.

O‘zbekistonda yana bir masʼuliyati cheklangan jamiyatga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.
Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan OCTAGRAM masʼuliyati cheklangan jamiyatiga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq HUMO va UZCARD terminallari ikkala to‘lov tizimi kartalarini o‘zaro qabul qilishlari uchun yangilangani va O‘zbekistonda QIWI‘dan foydalanishga ruxsat berilgani haqida xabar berilgandi.







