Jahon

Xitoy AQSHning eng maxfiy dasturini aniqladi

U orqali ijtimoiy tarmoqlarga kiberhujumlar uyushtirilgan.

Xitoy AQSHning eng maxfiy dasturini aniqladi

 

Xitoy ilk bor AQSH milliy xavfsizlik agentligining ijtimoiy tarmoqlarni buzib kirishda ishlatadigan tizimini aniqladi.

Bu haqda Global Times gazetasi xabar berdi.

 

Gazetaning Qihoo 360 axborot xavfsizligi kompaniyasiga asoslanib bergan maʼlumotiga ko‘ra, gap o‘ta kuchli dasturiy tizim haqida ketmoqda. Bu orqali butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoq va elektron pochtalarga kiberhujumlar uyushtirilgan.

Nomi sir qolishini istagan mutaxassis bu tizimni Quantum Attack deb nomlanishini maʼlum qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu dastur Facebook, Twitter va YouTube foydalanuvchilari sahifasini buzib kirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Shuningdek, u orqali Xitoy ijtimoiy tarmoqlari himoya tizimini ham chetlab o‘tish mumkin.

 

Bundan tashqari, Quantum Attack shaxsiy akkauntlar parollarini bilish hamda maxfiy maʼlumotlar bazasi, hujjatlarni olishiga imkon beradi. Bu orqali Amerika xakerlari suratlar, video va audioyozuvlarni ham olishi mumkin.

Gazeta manbasiga ko‘ra, AQSH hukumati betartib ravishda kiberhujum amalga oshirmoqda

Bu hatto Qo‘shma Shtatlarga ittifoqchi davlatlarga nisbatan ham qo‘llanilmoqda.

Eslaib o‘tamiz, avvalroq Xitoy mutaxassislari AQSH xakerlari yaratgan virusli dasturni aniqlagandi. 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.