Jahon

AQSH “Tolibon” bilan uchrashishdan bosh tortdi

Davlat departamenti bu qaror toliblar bilan munosabatlardagi burilish nuqtasi bo‘lishini aytgan.

AQSH “Tolibon” bilan uchrashishdan bosh tortdi

 

AQSH “Tolibon” bilan Dohadagi muzokaralarini bekor qildi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi o‘rinbosari Jalina Porterga asoslanib, “TASS” xabar berdi

 

"Dohadagi bekor qilingan uchrashuvlarga keladigan bo‘lsak, haqiqqatdan ham ayrim muloqotlarni to‘xtatdik. Bu o‘zaro munosabatlardagi burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin", — degan u.

 

Bundan oldin “Tolibon” o‘rta va yuqori sinflarda o‘qiydigan qizlarning maktabga borishini taqiqlab qo‘ygandi. AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi davlatlari bu qadamni qoralab chiqdi

 

Porterning so‘zlariga ko‘ra, toliblarning bu qarori afg‘on xalqi iqtisodiy o‘sishi hamda “Tolibon”ning xalqaro miqiyosda tan olinishi istiqbollariga katta zarar yetkazadi.

 

U toliblarni yana bir marta o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirgan. Davlat departamenti vakili so‘zlariga ko‘ra, ayollar taʼlimiga ruxsat berish orqali iqtisodiyot va jamiyat potensialini to‘la ochib berish mumkin.

 

Avvalroq Afg‘onistonda narkotiklar savdosi oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"