Jahon

London Afg‘oniston aholisiga 375 million dollar ajratdi

Bu yordam BMTorqali yetkazib beriladi.

London Afg‘oniston aholisiga 375 million dollar ajratdi

 

Britaniya hukumati Afg‘oniston aholisiga qo‘shimcha gumanitar yordam ajratdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.

 

Uning umumiy miqdori 286 million funt (374,5 million dollar)ni tashkil etadi.

 

"Buyuk Britaniya afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlash hamda eng muhim mahsulotlar va dori-darmon yetkazib berishda boshqalarni ortidan ergashtirmoqda. Ittifoqchi va hamkorlarimiz bilan birga Afg‘onistonga yordam berish uchun ko‘proq ishlar qilishimiz mumkin", — degan tashqi ishlar vaziri Liz Trass.

 

BMT maʼlumotlariga ko‘ra, hozirda 10 million afg‘onistonlik bola gumanitar yordamga muhtoj. London tomonidan ajratilayotgan mablag‘ BMTning turli tuzilmalari orasida taqsimlanadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Tolibon" tomonidan tuzilgan hukumatga yo‘naltirilmaydi.

 

Avvalroq Afg‘onistonda BBC faoliyati taqiqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"