Siyosat

Kinematografiya agentligi vakillari Tojikistondan xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi vakillari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tayotgan MDH mamlakatlari va Gruziya kinostudiyalari direktorlarining IV kengashida ishtirok etmoqda.

Kinematografiya agentligi vakillari Tojikistondan xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

 

Kengashga O‘zbekiston, Tojikiston, Belarus Qozog‘iston, Rossiya, Turkmaniston, Ozarbayjon, Moldova, Gruziya singari mamlakatlar davlat kinostudiyalari, kinematografiya tashkilotlari rahbarlari taklif etilgan.

 

Anjumanning ochilishida ishtirok etgan Tojikiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Matlubaxon Sattoriyon MDX mamlakatlari o‘rtasida kinomatografiya sohasida bugungi hamkorlik aloqalari haqida to‘xtalib, bu borada O‘zbekiston kinoijodkorlarining hissasini alohida eʼtirof etdi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, "O‘zbekfilm" kinokonserni direktori Bahodir Adilov, "Tojikfilm" davlat muassasasi rahbari Mahmasaid Shoxiyon va boshqalar O‘zbekiston va Tojikiston kino sanoatida keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, hamkorlikdagi kinoloyihalar haqida so‘z yuritdi.

 

Ayni paytda ikki mamlakat kinoustalari tomonidan ,"Navoiy va Jomiy" va "Notanish yulduz" badiiy filmlari ustida ish olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz mazkur xalqaro anjuman doirasida Tojikistonda O‘zbekiston kinosi kunlari o‘tkazilmoqda. Tojikistonlik kino muxlislarga "101-reys", "Bir kunlik to‘y", "Tutqunlik", "Matonat maktabi" singari badiiy va hujjatli filmlar namoyish etilmoqda. O‘zbekiston kinosi kunlari Dushanbe va Hisor shaharlari, So‘g‘d, Xatlan, Tog‘li Badaxshon viloyatlarida ham davom etmoqda.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"