Jahon

Shimoliy Koreya suvosti kemasining noodatiy harakatlari kuzatildi

Hodisa 22 mart kuni yuz bergan.

Shimoliy Koreya suvosti kemasining noodatiy harakatlari kuzatildi

 

KXDR suvosti kemasining shubhali harakatlari sunʼiy yo‘ldosh tasviriga tushib qoldi. Bu haqda Vashingtondagi strategik va mintaqaviy tadqiqotlar markazi maʼlum qildi.

 

“22 mart kuni Sinpxo portidagi  ballistik raketa joylashtirish mumkin bo‘lgan “8.24 Yonun” tajribaviy suvosti kemasining noodatiy harakatlari sunʼiy yo‘ldosh tasviriga tushib qoldi”, – deyilgan tahlil markazida.

 

Mutaxassislar bu kema odatda sunʼiy yo‘ldoshdan to‘sib turadigan to‘siq ostida turishini, ammo port buksiri o‘sha kuni uni ko‘rinadigan nuqtagacha sudrab borganini aniqlagan.  23 mart kuni esa u odatdagi joyiga olib borilgan.

 

“Ushbu harakatning aniq maqsadi maʼlum bo‘lmasa-da, katta ehtimol bilan u suvosti kemasining modifikatsiyasi, taʼmirlanishi yoki bo‘lajak ballistik raketa sinovlariga, shuningdek, ehtimoliy dushmanni chalg‘itishga qaratilgan bo‘lishi mumkin”, – deb qo‘shimcha qilingan axborotda.

 

Avvalroq KXDR qitʼalararo ballistik raketa sinovini amalga oshirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.