Jahon

Dunyo dollar matritsasidan chiqmoqda

Bu jarayonda Rossiyaning roli nihoyatda muhim, dedi xalqaro tahlilchi Boyan Chukov «Bolgariya radiosi»ga bergan intervyusida.

Dunyo dollar matritsasidan chiqmoqda

 

"Dunyo dollar matritsasidan chiqmoqda. Bu Rossiya tomonidan iqtisodiyot va moliyaviy siyosatga tashlangan termoyadroviy bomba", — dedi ekspert.

 

U Rossiyaning Hindiston va Xitoy bilan milliy valyutalarda savdo qilishga o‘tganiga eʼtibor qaratdi. Chukovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uch davlat aholisini hisobga olsak, bu dunyoning yarmi dollarga qaramlikdan chiqib ketadi, degani.

 

“AQSHning qudrati — dollar dunyoning zaxira valyutasi ekanligiga asoslanadi, yaʼni dollardan foydalanib, dunyo AQSHga soliq to‘laydi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

 

Chukov, shuningdek, Bolgariya hukumatini "ko‘plab boshqa xalqlar chiqib ketmoqchi bo‘lgan sxemaga kirishga" intilayotgani uchun tanqid qildi.

 

G‘arb davlatlari Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya bo‘yicha maxsus operatsiya tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ular asosan bank sektori va yuqori texnologiyalar sohasiga tegishli bo‘ldi. Shuningdek, Rossiya energiya manbalaridan voz kechish haqidagi muntazam daʼvatlar ham bor. Biroq texnologik zanjirlar uzilishi Yevropa va AQSHda iqtisodiy muammolarga, birinchi navbatda oziq-ovqat va yoqilg‘i narxi oshishiga olib keldi.

 

Kreml bu harakatlarni «bunaqasi hali bo‘lmagan «iqtisodiy urush» deb atadi va bunday qadamlarga tayyorligini bildirdi. Markaziy bank valyuta bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish choralarini ko‘rdi; do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lovlar rublga o‘tkazildi. Bundan tashqari, hukumat yuzga yaqin tashabbusni o‘z ichiga olgan sanksiyalarga qarshi kurashish rejasini tayyorlagan. Uni moliyalashtirish miqdori taxminan 1 trillion rublni tashkil etadi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

custom img

Tokioda 34 kunlik rekord: yomg‘irsiz kun bo‘lmadi

Tokio markazida 27-avgustdan 29-sentabrgacha har kuni yog‘ingarchilik qayd etilgan.

custom img

Fransiyada o‘quvchilar namoyishi: 164 kishi hibsga olindi

28-sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalari qariyb 180 ta maktabni qamrab olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"