O'zbekiston

“Men bilan urishmoqchi bo’lgan manaman degan bokschilarga qarshi jang qilaman”

Nursulton Ro’ziboyev mart oyidagi debyuti va uning atrofida aylanayotgan tanqidlarga javob qaytardi.

“Men bilan urishmoqchi bo’lgan manaman degan bokschilarga qarshi jang qilaman”

 


O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev joriy yilning 14-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks kechasida ringga ko‘tarilganidan xabaringiz bor. Kechaning markaziy jangida ishtirok etgan Nursulton Toshkent viloyati vakili Bahrom Payozovni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi va shu tariqa professional boksdagi debyutini g‘alaba bilan boshlab oldi. 79.3 kg vazn toifasida 6 raundga mo‘ljallangan jangni u muddatidan avval yakunladi. Sportchining boksdagi ushbu chiqishi esa muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shu bois unga bergan dastlabgi savolimiz shu haqida.

 

Aslida men MMA jangchisiman. Biroq boksga qiziqqanim uchun ringga chiqdim. Keyin menga bu jang debyut bo‘ldi va raqibim deyarli 40 ta jang o‘tkazgan ekan. Debyut qilib turib, 10-0, 20-0 natijali bokschiga qarshi ringga ko‘tarilmaymanku. Shunday bokschilar menga qarshi MMAda debyut qilib ko‘rsin. Men boksda 20-0 natijaga erishgan bokschiga qarshi oktagonga ko‘tarilishga tayyorman. Men boksda yangiman va men ringga ishlab ko‘rdim. Bu men uchun katta tajriba bo‘ldi. Raqibim haqida gapirsam, u kuchsiz emas edi. Natijalari ham yomon emas. O‘zi aslida menga boksda debyut qiladigan bokschini berishlari kerak edi. Tanqidchilar doim bo‘ladi. Men bilan urishaman degan manaman bokschilarga qarshi MMAda jang qilaman. Uni oktagonda debyuti bo‘ladi, meni esa o‘zim bilan jangim bo‘ladi. Qisqasi, menga bu jang katta foyda bo‘ldi.

 

Shu o‘rinda, tajribali Payozov professional ringda jami 40 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 22 tasida g‘alabaga erishgan. Hisobida 15 ta nokautli g‘alaba bor. Ro‘ziboyevning MMAdagi rekordi esa 42 tani tashkil qiladi. Shundan 34 tasi g‘alaba. Endi esa sportchini professional boksda ham hozircha yagona g‘alabasi bor.

 

Boksga kirish taklifi kimdan chiqdi? Yoki o‘zingiz shunday qaror qabul qildingizmi?


Bunday qaror avvaldan rejamizda bor edi. 2018-yil bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomida ringa ko‘tarilishim kerak edi. Biroq ushbu jang ma’lum sabablarga ko‘ra o‘tkazilmadi. Nasib qilgani 2022-yilda ekan. 

 

Muxlislaringiz sizni UFCda ko‘rishni istashgandi. Lekin siz to‘satdan burilish qildingiz. Bu sizning karerangizga ta’sir qilmaydimi?


Bilasizmi, bundan oldin ham K1 va Muay Tay sport turlaridagi oqshomlarda ishtirok etganman. Ushbu sport turlari bilan hozir ham shug‘illanib kelaman. Xudo xohlasa, boks ham ular qatoridan joy oladi. Nazarimda sportchiga yo‘nalish ko‘p bo‘lishi ta’sir qilmaydi. Aksincha, uni yana-da o‘sishiga va kuchli bo‘lishiga zamin yaratadi. Lekin aytib o‘tishim kerak. Asosiy maqsadim UFCga chiqish. Hozir vizaga harakat qilyabmiz. Vizani olsak albatta UFC ham bo‘ladi.

 

Boks klublardan taklif tushsa, ular bilan ham shartnoma qilasizmi?


Yo‘q. Hozir menga Rosssiyadagi promotionlardan biridan taklif tushyabdi. Agar u bilan kelishuvga erishsak, ular bilan ishlashim mumkin.

 

MMA dachi? Mahmud Muradovga tegishli MPLdan taklif tushsa, shartnoma qilishingiz mumkinmi?


Men MPL bilan shartnoma qilmayman. Chunki boshqa promoushenlar bilan shartnomam bor va ular tomonidan menga yaxshi takliflar bo‘lyapti. Ochig‘ini aytsam, kelgusida ham MPLda jang qilmoqchi emasman.

 

Boksdagi ikkinchi jangingiz qachon? MMA dagi jangingizchi?


Boksdagi navbatdagi jangim haqida hozircha hechnarsa ayta olmayman. Biroq MMA dagi navbatdagi jangim 10-aprel kuni bo‘ladi. 


Uchqun Namozov tayyorladi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"