“Paxtakor” metro bekatida poyezd to‘xtab qoldi
Mazkur holat yuzasidan "Toshkent metropoliteni" DUK izoh berdi.

Qayd etilishicha, bugun soat 9:30 atrofida “Paxtakor” metro bekatida 15-sonli harakat tarkibida mashinist tomonidan nosozlik aniqlangan. Xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida, yo‘lovchilar vagondan tushirilgan.
Shuningdek, keyingi 18-sonli marshrut ham yo‘lovchilarni ushbu bekatda tushirib, 15-elektropoyezdni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun depo tomonga harakatlanishida ko‘maklashgan. Soat 9:37 dan boshlab poyezdlar harakati doimiy jadval asosida amalga oshirilmoqda.







