Jahon

Van I Ukraina inqirozining asosiy sababini maʼlum qildi

Shuningdek, u Kiyevga to‘xtovsiz qurol yetkazib berish salbiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirgan.

Van I Ukraina inqirozining asosiy sababini maʼlum qildi

 

Yevropa xavfsizligi muvozanati yo‘qotilishi Ukraina inqirozining asosiy sababidir. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I maʼlum qildi.

 

"Ukraina masalasining dastlabki sababi Yevropa xavfsizligining balansi yo‘qolganiga borib taqaladi. Qaytadan teng muvozanatli, samarali va barqaror xavfsizlik tizimini qurish kerak. U bo‘linmas xavfsizlik tamoyiliga asoslanishi lozim, shundagina Yevropada uzoq muddatli barqarorlik va tartibga erishish mumkin", — degan u Fransiya prezidentining diplomatik maslahatchisi Emmanuel Bonn bilan suhbatda.

 

Van I barcha tomonlar muzokaralar uchun harakat qilishi zarurligini taʼkidlagan.

 

"Bir tomondan o‘t ochish rejimini to‘xtatish haqida baralla gapirish, ikkinchi tomondan to‘xtovsiz ravishda zamonaviy qurollarni yetkazib berib, harbiy eskalatsiyani kuchaytirish mumkin emas", — deb qo‘shimcha qilgan diplomat.

 

Shuningdek, u tinchlik muzokaralariga chaqirish bilan birga bir tomonlama sanksiyalar joriy etish maqbul siyosat emasligiga eʼtibor qaratgan.

 

Avvalroq  Van I Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.