O'zbekiston

Qashqadaryoda “benzovoz” yonib ketdi

Hodisa oqibatida transport vositasiga zarar yetgan.

Qashqadaryoda “benzovoz” yonib ketdi


 

Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 9-aprel kuni soat 15.12 atrofida Qarshi shahrida joylashgan “Star Oil” yonilg‘i quyish shoxobchasi hududida sodir bo‘lgan. Yong‘in avtomobilning dvigatel qismida yuzaga kelgan. 

 

Shahar FVB bo‘limi o‘t uchiruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan va yong‘in bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"