Metro poyezdiga o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan yigit tanish qizidan arazda bo‘lgan
Yigit o‘ziga tanish bo‘lgan qiz bilan o‘zaro muammosi borligi tufayli gap talashib, kelisha olmaganidan so‘ng o‘zini elektropoyezd tagiga tashlagan.

Toshkent metropolitenining Pushkin bekatida 20 yoshli yigit qasddan poyezd yo‘lagiga o‘zini tashlagani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, 14 aprel kuni soat taxminan 17:30 larda Pushkin metro bekatida 20 yoshli erkak qiz do‘sti bilan gap talashib, kelisha olmagan. Bundan so‘ng u o‘zini elektropoyezd tagiga tashlagan.
Fuqaro tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganida, unga hech qanday tan jarohati yetkazilmaganligi aniqlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz avvalroq, Toshkent metrosida 24 fevral kuni erkak o‘zini poyezd tagiga tashlab vafot etgani haqida xabar berilgandi.







