Jahon

“Tolibon” bilan Pokiston munosabatlari taranglashmoqda

Pokiston Afg‘onistonning ikki viloyatiga havodan hujum uyushtirgan.

“Tolibon” bilan Pokiston munosabatlari taranglashmoqda

 

Pokiston tomonidan Afg‘onistonning Xost va Kunar viloyatlariga qilingan so‘nggi havo hujumlarida kamida 47 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Tolibon” vakillari ma’lum qildi.

 

“Pokiston kuchlarining havo reydlari oqibatida Xostda 41 nafar tinch aholi, asosan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 22 nafar aholi yaralangan”, — deya ma’lumot bergan viloyat hukumati vakili. 

 

Yana bir afg‘on rasmiysi ma’lum qilishicha, reydlar Kunar viloyatida yana olti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

 

Avvalroq yuqorida tilga olingan viloyatlarga Islomobod tomonidan bir qator havo zarbalari berilgani xabar qilingandi. 

 

“Al Arabiya” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, havo zarbalari Afg‘oniston bilan chegaradagi Shimoliy Vaziristonga pistirma uyushtirgan terrorchilar qo‘lida yetti pokistonlik askar halok bo‘lganiga javob bo‘lishi mumkin.

 

Keyinroq Pokistonning Kobuldagi elchisi havo hujumlari munosabati bilan “Tolibon” muvaqqat hukumati Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Tomonlar uchrashuvida “Tolibon” vakillari Islomobod tomonidan sodir etilgan bunday hujumlar faktini qoralagan.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.