Ispaniya va Daniya Bosh vazirlari Kiyevga keldi
Zelenskiy mehmonlar bilan uchrashib, muzokara olib borgan

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevga tashrif bilan kelgan Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen va Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashdi.
Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida siyosatchilarning bir-birlari bilan salomlashgani, birga suratga tushib, so‘ng uchrashuvni boshlagani aks etgan videoni e’lon qildi. Daniya va Ispaniya bosh vazirlari Kiyev viloyatining Borodyanka qishlog‘iga borishgan.
Avvalroq Yevropa kengashi prezidenti Charlz Mishel Kiyevga kelgandi. U ham Zelenskiy bilan uchrashib, Borodyankaga tashrif buyurgandi.








