Jamiyat

Moskvada o‘zbek tilini o‘rganish markazi ochildi

Ochilish marosimida O‘zbekistonning RFdagi elchisi qatnashgan.

Moskvada o‘zbek tilini o‘rganish markazi ochildi

 

Moskva shahrida o‘zbek tili markazi ochildi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar berdi.

 

Ochilish marosimi Moskva davlat lingvistika universitetida bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekistonning RFdagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov va MDH Ijroiya  qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ilhomjon Neʼmatov ishtirok etgan.

 

Bu markaz shu kabi tuzilmalarning sakkizinchisi bo‘ldi.

 

Moskva davlat lingvistika universiteti O‘zbekiston OTMlari bilan faol hamkorlik qiladi. Universitetda, shuningdek, “MDH mamlakatlari uchun o‘zbek tili” darsligi chop etildi.

 

Avvalroq MDH davlatlari va Gruziya kinostudiyalari Xalqaro ijodiy uyushmasiga rais saylangani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Moskvada o‘zbek tilini o‘rganish markazi ochildi | Zamon.uz