Jahon

Rossiya Kiyevga raketa zarbalari berdi

Bu paytda shaharda BMT bosh kotibi va Bolgariya bosh vaziri bo‘lgan.

Rossiya Kiyevga raketa zarbalari berdi

 

BMT bosh kotibi Kiyevda bo‘lib turgan bir paytda shaharga raketa zarbalari berildi. Bu haqda “BBC” xabar berdi.

 

Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, jami beshta raketa tashlangan. Ular shaharning markaziy Shevchenko tumanida portlagan. Raketalardan biri Antoniu Guterrish turgan mehmonxona yaqiniga tushgan.

 

Zarbalar Guterrish va Zelenskiyning qo‘shma matbuot anjumani tugaganidan bir soat o‘tib berilgan. BMT bosh kotibi unda Xavfsizlik kengashi faoliyatini tanqid qilgandi.

 

Guterrish va uning hamrohlari hech qanday jarohat olmagan. Bosh kotib matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, raketa tushgan paytda Guterrish Ukraina bosh vaziri ofisida bo‘lgan.

 

Uning o‘zi “BBC”ga shokka tushganini aytgan.

 

“Ushbu urushni to‘xtatish zarur va buning yechimini topishimiz kerak”, – degan u.

 

Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kuleba Kiyevda BMT bosh kotibi va Bolgariya bosh vaziri bo‘lib turgan bir paytda raketa zarbalari berilishini dahshatli va varvarlik harakati sifatida baholagan.

 

Avvalroq Putin BMT bosh kotibi bilan uchrashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.